MS

“Measuring System” MChJ

O'z ishiga fidoyi mutaxassislarning sifatli xizmati

Biz haqimizda

“Measuring System” MChJ ishlab chiqarish korxonalarini metrologik ta'minlashga ixtisoslashgan. Metrologiya sohasida ilg'or texnologiyalarni izlash va bozorga chiqarish. O'lchash vositalarini kalibrlash, o'lchashlar bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish, gaz va suyuqliklarni hisobga olish uzellarining o'lchash komplekslarini kalibrlash va attestatsiyadan o'tkazish usullarini ishlab chiqish, JBAT (АСУПТ) o'lchash kanallarini attestatsiyadan o'tkazish, shuningdek o'lchash vositalari, sinov vositalari va kalibrlash uskunalarini sertifikatlashtirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatamiz.

Qisqacha ma'lumotlar

15.08.2010 y.
Metrologik xizmat
+998 (93) 390 88 41
measuring_system@mail.ru
100208, Uzbekiston, Toshkent sh., Chilonzor tumani, Didor 6-tor ko‘chasi, 71 uy

Vakillik

Biz ООО «Термэкс» kompaniyasining O'zbekiston Respublikasi hududidagi rasmiy vakilimiz.

termeks

Ko'rsatiladigan ish va xizmatlar

- Metrologiya laboratoriyasi uchun qiyoslash va kalibrlash uskunalarini ishlab chiqarish.

- Metrologiya sohasida ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik ishlari

- Metrologiya sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqish.

- O'lchov vositalari va uskunalarni sertifikatlash xizmatlari.

- O'lchov usullarini ishlab chiqish

- O'lchov vositalarini kalibrlash

- O'lchov vositalari va sinov uskunalarini etkazib berish

Kompaniyamiz tomonidan taqdim etilgan o'lchov vositalari sertifikatlangan va O'zbekiston Respublikasi o'lchov vositalarining davlat reestriga kiritilgan va xavfsizlik talablariga javob beradi.

Kompaniyamiz tomonidan yetkazib beriladigan qiyoslash uskunalari respublikada keng namoyish etilgan. Biz etkazib bergan uskunalarimizga texnik xizmat ko'rsatishni ta'minlaymiz. Bizning mutaxassislarimiz ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o'tashgan va tegishli sertifikatlarga ega.

Buyurtma berish